Chernogoriya terma jamoasi himoyachisi Marko Simich “Paxtakor”ning davralar oralig`idagi birinchi yangi o`yinchisiga aylandi.
“Paxtakor” futbol klubi bosh direktori Dmitriy Adisman Chernogoriya terma jamoasi a`zosi va Evropada o`tgan futbol mavsumini “Rostov”da o`tkazgan Marko Simich bilan “Paxtakor” shartnoma imzolanganini ma`lum qildi.
Futbolchi kelasi ikki yarim yil davomida “sherlar” sharafini himoya qiladi. Unga jamoamizning 55-raqamli libosini klub Prezidenti Bobur Shodiev topshirdi.






