AsosiySport

Zidan 18 yoshli Mbappega telefon qilib, bir talay va`dalar berdi

'Zidan 18 yoshli Mbappega telefon qilib, bir talay va`dalar berdi 'ning rasmi

Fransiyaning “Monako” klubi futbolchisi, o`tgan mavsumda porlagan Killian Mbappe “Real”ga o`tishi mumkinligiga yana bir sabab paydo bo`ldi.

L`Equipe nashrining ma`lum qilishicha, “Real Madrid” bosh murabbiyi Zinedin Zidan monegasklar hujumchisi Kilian Mbappe bilan telefon orqali suhbat qurib, unga bir talay va`dalar berdi.

Xususan, fransiyalik mutaxassis hamyurtini “Qirollik klubi”ga o`tishni tavsiya qildi va klub yuborayotgan taklifni qabul qilishini so`radi. Shuningdek, suhbat davomida Zidan 18 yoshli futbolchiga “Real”da etarlicha o`yin amaliyoti taqdim etishini va uni yuqori darajadagi futbolchiga aylanishiga yordam berishini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, bir muddat avval “Real” rahbariyati Kilian Mbappening transferi uchun 135 million evro sarflashga tayyor ekani ma`lum bo`lgandi.

Boshqa yangiliklar