Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o`zining kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilib bo`ldi.
Portugaliyalik yulduz Parijning "PSJ" jamoasiga o`tishni istaydi, deya yozadi Uff.uz internet nashri. Marca nashrining xabariga ko`ra, 32 yoshli afsona Konfederasiyalar kubogidan keyin Madrid klubi rahbari Florentino Peres bilan ko`rishib, o`zining niyatini aytadi.
Eslatib o`tamiz, "PSJ" Krishtianu uchun 100-150 mln evro to`lashga rozi. Shu bilan birga futbolchi "Real"dan ko`proq maosh ham oladi.






