AsosiySport

KK–2017. Meksika irodali tarzda Yangi Zelandiyani taslim qildi (Video)

'KK–2017. Meksika irodali tarzda Yangi Zelandiyani taslim qildi (Video)'ning rasmi

Konfederasiyalar Kubogi–2017 turniri “A” guruhi 2-turida Meksika xamda Yangi Zelandiya terma jamoalari o`zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan bellashuvda meksikaliklar 2:1 hisobida irodali g`alabaga erishdi. Ximenes xamda Peraltalar tomonidan kiritilgan ikki gol “asteklar”ga g`alaba keltirdi.

Ushbu guruhning yana bir o`yinida Rossiya terma Portugaliyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Meksika – Yangi Zelandiya 2:1

Gollar: 0:1 – 42 Vud, 1:1 – 54 Ximenes, 2:1 – 72 Peralta.

Meksika – Talavera, Salsedo (Moreno, 33; Markes, 68), Arauxo, Alanis (Errera, 46), Reyes, Fabian, Akino, Damm, Peralta, Ximenes, dos Santos.

Yangi Zelandiya – Marinovich, Dyurent, Smit, Uinn, Boksell, Roxas (Barbaruses, 73), Lyuis (Tuiloma, 58), Tomas, Vud, Ingem (Petterson, 82), Makglinchi.

Ogohlantirishlar: Tomas (26), Errera (90), Boksell (90), Reyes (90).

Boshqa yangiliklar