AsosiyDunyo

​Yaponiyaning 200 mingga yaqin aholisiga kuchli yog`ingarchilik tufayli ko`chish tavsiya etildi

'​Yaponiyaning 200 mingga yaqin aholisiga kuchli yog`ingarchilik tufayli ko`chish tavsiya etildi'ning rasmi

Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasidagi Xamamasu shahrida yashovchi 197 mingdan ortiq aholiga shahar ma`muriyati kuchli yog`ingarchilik tufayli shaharni tark etishni tavsiya qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Shahar ma`muriyatining bunday tavsiya berishiga kuchli yomg`ir oqibatida daryoning toshish xavfi sabab bo`ldi. Ilgari Sidzuoka prefekturasidan tashqari, bunday tavsiya mamlakatning Tinch okean qirg`oqlaridagi 30 ming aholisi bo`lgan uchta prefekturaga ham berilgan edi. Yaponiyaning bir qator tumanlarida sutkasiga 400 millimetr yog`ingarchilik bo`lishi bashorat qilindi. Ayniqsa daryo qirg`oqlarida va ko`chki ko`chish xavfi bo`lgan tog`larda yashovchi aholining hayoti xavf ostida qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar