AsosiySport

“Barselona” rahbariyati “Arsenal” himoyachisiga ko`z tikmoqda

'“Barselona” rahbariyati “Arsenal” himoyachisiga ko`z tikmoqda'ning rasmi

“Barselona” klubi “Arsenal” yarim himoyachisi Ektor Beleringa yana qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Kataloniyaliklar ispaniyalik tezkor himoyachi uchun 20 mln funt sterling hamda Rafinyani qo`shib bermoqchi. “Arsenal” esa Belerinni sotish niyati yo`q ekanini bildirgandi.

Qayd etish kerakki, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 16 yoshida 500 ming evro evaziga “Arsenal”ga ko`chib o`tgandi.

O`tgan mavsum davomida Ektor Belerin “to`pchilar”ning barcha musobaqalarida 42 o`yinda maydonga tushib, 1 gol kiritishga muvaffaq bo`lgandi.

Boshqa yangiliklar