AsosiySport

Angliya termasi darvozaboni APLga qaytishi mumkin

'Angliya termasi darvozaboni APLga qaytishi mumkin'ning rasmi

Angliya terma jamoasi darvozaboni Jo Xart faoliyatini Londonning “Vest Xem” klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Sky Sports.

“Bolg`achilar” transfer huquqi “Manchester Siti”ga tegishli Jo Xart bilan bir yillik ijara shartnomasi imzolashni rejalashtirgan. Ayni vaqtda muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq “Milan” jamoasi angliyalik posbonni o`z safiga qo`shib olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o`tamiz, Jo Xart o`tgan mavsumni ham “A” Seriya vakili – “Torino” jamoasi safida ijara asosida to`p surgan edi.

Boshqa yangiliklar