O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh–2018 musobaqasidan avval o`tkaziladigan Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo`yicha referi assistenti vazifasini bajarishi haqida xabar berilgandi.
Rossiyada bo`lib o`tayotgan musobaqada Ravshan Ermatov navbatdagi o`yinga tayinlov oldi. O`zbekistonlik hakam “B”guruhi 2-turidan o`rin olgan Germaniya – Chili uchrashuvida ishlaydi, deb ma`lum qilmoqda O`FF matbuot xizmati.
Oldinroq Ravshan Ermatov Avstraliya – Germaniya (2:3) o`yinida videotakrorlar bo`yicha yordamchi vazifasini bajargandi. Ma`lumot uchun, Germaniya – Chili bellashuvi ertaga, 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.






