AsosiyDunyo

​Kembrij universiteti talabalari bitiruv kechasini nishonladi (Foto)

'​Kembrij  universiteti talabalari bitiruv kechasini nishonladi (Foto)'ning rasmi

Har yili 19 iyundan 20 iyunga o`tar kechasini Kembrij universiteti talabalari imtihonlarning tugash kuni sifatida nishonlaydi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Mazkur sana katta tantana bilan nishonlanadi. Talabalar nafaqat shahar ko`chalarini sayr qilishadi, balki turli ko`ngilochar tadbirlar uyushtirishadi. Asosiy tadbir 19 iyun kuni kechqurun Kam daryosi ustida otilgan mushaklar bilan boshlandi. Kler-kollej talabalari ham mazkur tadbirda ishtirok etish uchun 200 funtdan pul to`ladi. Talabalar uchun angliyalik DJ Devid Rodigan tomosha qo`ydi. 2017 yilda Kembrij universitetini 1800 nafar magistr tamomladi.


















Boshqa yangiliklar