Xabaringiz bor, 21 iyun kuni O`zbekiston futbol federasiyasi va milliy terma jamoa murabbiylari ishtirokida savol-javob anjumani o`tkaziladi.
Assalomu alaykum!
Hurmatli futbol ishqibozlari.
Xabaringiz bor, ertaga Xalqaro Press-klubda sport olami, mamlakatimizda sportni rivojlantirish, Olimpiya harakati va xususan futbol mavzusiga bag`ishlangan anjuman bo`lib o`tadi. So`nggi haftada O`zbekiston milliy terma jamoasining Eron terma jamoasi bilan bo`lib o`tgan o`yin natijalari qizg`in muhokama qilinmoqda.
Biz futbol shinavandalarining hissiyotlarini hurmat qilgan holda va to`planib qolgan savollariga javob berish uchun istisno tariqasida, Sizlarning bizga ko`p minglik murojaatlaringizni inobatga olgan holda, navbatdan tashqari matbuot anjumannini belgiladik.
Lekin, men bugun tashvishga solayotgan ba`zi bir fikrlar haqida do`st sifatida o`rtoqlashmoqchi edim.
Birinchidan, Xalqaro Press-klub O`zbekiston Futbol Federasiyasi 15 iyun kuni tarqatgan press-relizni yana bir bor o`qib chiqishni tavsiya etadi. Chunki unda ko`p savollarga javob bor.
Ikkinchidan, Xalqaro Press-klub o`z hududida futbol mutassadilari shaxsiyatini ishtrokchilar tomonidan taxqirlanishiga va xaqoratlanishiga yo`l qo`ymaydi. Asosiy niyatimiz - futbol olamida bo`layotgan turli fikrlar va mish-mishlar, qarama qarshi fikrlarga batafsil oydinlik kiritish.
Uchinchidan, yo`l qo`yilgan xatolar, hozirgi yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib to`g`ri xulosa va ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan. Zotan, biz muxlislarni ko`r ko`rona fanatizmdan holi bo`lishga chaqirib qolamiz.
To`rtinchidan, Biz yutqazdik. Lekin bu mag`lubiyatning ichki nafis olamimizni buzuvchi g`azabli tahlilidan kura, O`zbek futbolining ertangi kunini: 5-10 yildan keyingi holatini tahlil kilish va tavsiyalar ishlab chiqishimiz muhimroq.
Xalkaro Press klub formatiga ko`ra, biz “sariq matbuot” uchun sensasiya yaratish yoki aybdorlar izlash maqsadidan yiroqmiz. Aksincha, kelajakda ijobiy natijalarga erishish uchun mustahkam poydevor yaratish yo`lidagi ochiq muloqot tarafdorimiz. Iltimos, ulug` ayyom kunlari bir birimizga hurmatimizni va odobni saqlaylik.
Sherzodxon Qudratxodjaev
Xalqaro Press-klub raisi






