Grelandiyaning g`arbiy qismida 17 iyun kuni sodir bo`lgan to`rt balli zilziladan keyin bedarak yo`qolganlar qidirilmoqda. Zilziladan keyin orolga sunami yopirildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Norasmiy manbalarning xabar berishicha, ustma-ust ro`y bergan tabiiy ofatlar tufayli 23 kishi, polisiya bergan ma`lumotga ko`ra esa, to`rt kishi bedarak yo`qolgan. Noqulay ob-havo sharotidan (2010 yilgi ma`lumotga ko`ra) aholisi bor-yo`g`i 84 kishi bo`lgan, Grelandiyaning shimoli-g`arbiy qismida joylashgan Nuugaatsiak shahri ko`proq zarar ko`rgan. Mazkur hududdan 39 kishi evaukasiya qilingan. Shunga qaramay, shu hududda yashovchi aholi ijtimoiy tarmoqlarda mustaqil ravishda toqqa chiqib, o`sha erda yordam kutayotganliklarini ma`lum qilgan.






