“Real Madrid” jamoasi prezidenti Florentino Peres Fransiyaning “Monako” klubi hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish imkoniyatlariga o`z munosabatini bildirdi.
“Mbappe? Uning o`yinlarini ko`p ko`rmadim, u atigi 18 yoshda. Kilian – yorqin shaxs va menimcha fantastik futbolchi. Lekin u hozirda “Monako” a`zosi hisoblanadi. Mbappe “Real”da o`ynash uchun tug`ilganmi? Buni vaqt kelishi bilan aytaman”, – dedi Florentino Peres.
Avvalroq 18 yoshli iqtidor egasi “Real” safida to`p surish istagi bor ekanini bildirib o`tgan.






