Kolumbiyaning shimoli-sharqiy qismida faoliyat yurituvchi Kolumbiya chap radikal tashkilotining milliy ozodlik armiyasi a`zolari niderlandiyalik ikki jurnalistni o`g`irladi, deb yozdi Ria.ru nashri.
Televidenie jurnalisti Derk Yoxannes Bolt va operator Eudjinio Ernest Marilar Venesuela chegarasida joylashgan Shimoliy Santanderaning El-Tarra shahridagi ish jarayonida qo`lga olingan. Kolumbiyalik harbiylar yo`qolgan jurnalistlarni qidirib topish operasiyasini boshladi.
Nashrning xabar berishicha, Kolumbiya chap radikal tashkilotining milliy ozodlik armiyasi ikki ming kishidan tashkil topgan. U Kolumbiyadagi Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlaridan keyin ikkinchi o`rinda turuvchi qurollangan tashkilot hisoblanadi.






