AsosiySport

“Roma” “Nissa” futbolchisi uchun 35 mln evro taklif qildi

'“Roma” “Nissa” futbolchisi uchun 35 mln evro taklif qildi'ning rasmi

Italiyaning “Roma” jamoasi Fransiyaning “Nissa” futbolchisi Jan-Mishel Seri ni qo`lga kiritish uchun jiddiy bel bog`ladi.

Rimliklar mazkur transfer uchun 35 million evro taklif qilmoqda. O`z navbatida Fransuz klubi Kot-d’Ivuar terma jamoasi a`zosi uchun 40 million evro so`ramoqda. Avvalroq “Nissa” Rim shahri vakillarining 15 va 25 million evrolik takliflarini rad etgandi.

O`tgan mavsumda Jan-Mishel Seri “Nissa”ning barcha musobaqalarida jami 39 ta o`yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol urishga va 9 ta golli pas berishga erishgan.

Boshqa yangiliklar