AsosiySport

“Chelsi” Alvaro Morata uchun kurashga qo`shildi

'“Chelsi” Alvaro Morata uchun kurashga qo`shildi 'ning rasmi

Londonning “Chelsi” klubi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Alvaro Morata uchun kurashga qo`shildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

“Chelsi” vakillari Krishtianu Ronaldu va “Manchester Yunayted” o`rtasida davom etayotgan mish-mishlardan unumli foydalanib, Moratani o`z tomoniga og`dirib olmoqchi.

O`z navbatida mankunianlar Morata va Ronalduni birdagina qo`lga kiritmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Ma`lumot uchun, ispaniyalik futbolchi o`tgan mavsumda Primeraning 26 o`yinida maydonga tushib, 15 gol kiritishga muvaffaq bo`lgandi.

Boshqa yangiliklar