AsosiyJamiyat

​Toshkentdagi yo`nalishlardan birida transport harakati vaqtinchalik yopildi

'​Toshkentdagi yo`nalishlardan birida transport harakati vaqtinchalik yopildi'ning rasmi

“Toshshahartransxizmat” AJ yo`nalishlardan birida transport harakati vaqtinchalik yopilishini ma`lum qildi.

Kichik halqa yo`lidan Farg`ona yo`liga o`tuvchi qismida yo`l o`tkazmasi qurilishi munosabati bilan ushbu qatnov qismida transport harakati vaqtinchalik, 18 iyundan 10 iyulgacha yopiladi.

Qurilish davrida 12, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati Sarakul, Mehrijon va Qo`shko`prik ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishida davom ettiradi.

“Toshshahartransxizmat” yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`rab qoladi.

Boshqa yangiliklar