AsosiySport

KK–2017. Chili Kamerunni taslim qilishi uchun ancha ter to`kdi (Video)

'KK–2017. Chili Kamerunni taslim qilishi uchun ancha ter to`kdi (Video)'ning rasmi

Rossiyada bo`lib o`tayotgan Konfederasiyalar Kubogi–2017 turniri "B" guruhidagi dastlabki bahs bo`lib o`tdi. Unda Kamerun terma jamoasi Chili termasiga qarshi maydonga tushdi.

Qiziqarli kechgan bahsda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Gollarga Arturo Vidal va Vargas mualliflik qildi.

Eslatib o`tamiz, guruhning ikkinchi bahsida Germaniya terma jamoasi bugun Osiyo chempionlari hisoblangan avstraliyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu o`yinda o`zbekistonlik referi Ravshan Ermatov video assistent bo`lib ishlaydi.

Kamerun – Chili 0:2 (0:0)

Gollar: Vidal, 81, Vargas, 90+1.

Kamerun: Ondoa, Ngade-Ngajui, Fe, Mabuka, Teyku, Sutchin-Jum, Zambo, Bassogog, Mukanjo, Abubakar, Siani (Ngamale, 86).

Chili: Errera, Isla, Bosejur, Xara, Dias, Medel, Vidal, Arangis (Silva, 71), Vargas, Fuensalida (Valensiya, 64), Puch (Sanches, 58).

Ogohlantirish: Xara (66).

Boshqa yangiliklar