O`zbekiston U-18 terma jamoasi Belarus poytaxti Minsk shahrida navbatdag`i o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazmoqda. Yig`in doirasida ikkita o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazish rejalashtirilgan edi.
O`zbekiston yoshlar termasining dastlabki o`rtoqlik uchrashuvi kecha, 17 iyun kuni Belarus U-18 termasiga qarshi bo`lib o`tdi. ABFF Training Center maydonida bo`lib o`tgan bellashuvda belaruslik futbolchilar 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Jamoalar o`rtasidagi navbatdagi o`rtoqlik o`yini ertaga, 19 iyun kuni o`tkaziladi.
Eslatib o`tamiz, mazkur o`rtoqlik o`yinlari O`zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo`lib o`tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo`lib o`tadi.
O`rtoqlik uchrashuvi
Minsk, Belarus
17 iyun, shanba
Belarus U-18 – O`zbekiston U-18 — 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: Xlebosolov (52, 57), Vasilevich (80) – Jahongir Abdusalomov (67)
Belarus U-18: Egor Davidenko, Vladislav Malkevich, Nikita Batsman, Maksim Myaklim, Vladislav Glinskiy, Andrey Pilinoves, Artyom Petrenko, Egor Lamun, Evgeniy Sakuta, Miroslav Xlebosolov, Kirill Ermakovich.
Zaxira: Kirill Kotov, Ilya Juner, Aleksey Smirnov, Vladimir Starostin, Maksim Kavel, Aleksandr Ksenorantov, Ilya Semo, Ilya Vasilevich.
O`zbekiston U-18: Umidjon Ergashev, Dilshod Saidov, Ibrog`im Yo`ldoshev, Rasul Yo`ldoshev, Nodirbek Kuybokov, Suhrob Izzatov, Boburjon Asqarov, Kamron Saidazimov, Islom Kenjaboev, Jahongir Abdusalomov, Abubakir Mo`ydinov.
Zaxira: Javohir Qilichev, Akmal Mozgovoy, Asadbek Sobirjonov, Abbosbek Sumakulov, Sanjar Zokirov, Georgiy Ahmedov.






