AsosiySport

“Inter” Pol Pogbaning aksiga qiziqish bildirmoqda

'“Inter” Pol Pogbaning aksiga qiziqish bildirmoqda'ning rasmi

Italiyaning “Inter” jamoasi Fransiyaning “Sent-Eten” klubi himoyachisi Florentina Pogbaga qiziqish bildirmoqda.

“MYu” a`zosi va dunyoning eng qimmat futbolchisi Pol Pogbaning akasi sanalgan Florentinning amaldagi klubi bilan shartnomasi yana bir yildan so`ng kuniga etadi. Biroq fransiyaliklar kelishuvni uzaytirish niyatida emas.

Italiya nashrlarini paydo bo`lgan ma`lumotlarga ko`ra, “Sent-Eten” Florentin Pogbani 3,5 mln evro evaziga qo`yib yuborishi mumkin.

26 yoshli futbolchi 2016/17 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining 17 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol kiritdi va va xuddi shuncha golga assistentlik qildi.

Boshqa yangiliklar