Londonning “Arsenal” jamoasi Fransiyaning “Lion” klubi hujumchisi Aleksandr Lyakazettni o`z safiga qo`shib olishmoqchi, deb xabar beradi Mirror nashri.
Londonliklar Lyakazett uchun 50 million evrodan voz kechishga tayyor. Fransiyalik futbolchi EChLda o`ynashni istamoqda, shu sababli ham u Londonga ko`chib o`tish variantini ko`rib chiqadi.
Qayd etish kerakki, hujumchining xizmatlariga shaxsan Arsen Venger qiziqish bildirgan. Uning nazdida Lyakazett hujumni ancha kuchaytira oladi. Bundan tashqari, u “to`pchilar” safidan ketishi kutilayotgan Aleksis Sanchesga o`rinbosar bo`ladi.






