Oliy liga 13-turini yakunlab beruvchi bahsda “Bunyodkor” Qo`qon shahrining “Qo`qon-1912” jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan bahsda “qaldirg`ochlar” 2:1 hisobida g`alaba qozondilar. “Bunyodkor” safida Dostonbek Hamdamov dubl qayd etgan bo`lsa, mehmonlarning yagona goli Nosirbek Otaqo`ziev xisobiga yozildi.
Shu tariqa, “Qo`qon-1912”ning chempionat doirasida davom etgan 11 o`yinlik mag`lubiyatsiz seriyasiga chek qo`yildi.
Oliy liga-2017, 13-tur
“BUNYoDKOR” – “QO`QON-1912” 2:1 (1:1)
16 iyun 2017. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 1912 tomoshabin
Gollar: Dostonbek Hamdamov 6 (1:0), Nosirbek Otaqo`ziev 21 (1:1), Dostonbek Hamdamov 63 (2:1)
Ogohlantirishlar: Otabek Shukurov 51, Farruh Ikromov 70 – Andrey Sidorov 85, Murod Xolmuhammedov 86
“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 8.Jovlon Ibrohimov, 9.Shahzodbek Nurmatov, 10.Eldor Shomuradov (28.Davronbek Umirov 74), 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To`xtasinov (20.Sardorbek Azimov 90+2), 21.Dilshodbek Ahmadaliev, 29.Otabek Shukurov, 44.Mirjamol Qosimov (15.Farruh Ikromov 63)
Zaxira: 45.Dilshod Xamraev, 5.Javlon Mirabdullaev, 11.Vadim Chemirtan, 30.Xurshid G`iyosov
“Ko`qon-1912”: 12.Aziz Ashurov, 4.Bahodir Akramov (97.Oybek Rustamov 59), 5.Jalil Kimsanov (11.Andrey Sidorov 75), 7.Jamshid Hasanov, 9.Nosirbek Otaqo`ziev (24.Ibrohim Raximov 68), 10.Javohir Sidiqov, 19.Suhrob Berdiev, 26.Akmal Xolmurodov, 55.Darko Gojkovich, 77.Murod Xolmuhammedov, 99.Filip Rayevas
Zaxira: 13.Nikita Ribkin, 8.Sobir Hamidov, 85.Ruslan Melzziddinov, 96.Muhammadanas Xasanov
Hakamlar: V.Agishev (Toshkent) – 8,8; A.Rasulov (Toshkent) – 9,0; J.Saidov (Toshkent) – 9,0; K.Rasulov (Qarshi) – 9,0
Nazoratchi: I.Nexochin (Namangan)
O`zPFL vakili: F.Magametov






