O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi dam olish kunlari kuchli shamol kuzatilishi va harorat ko`tarilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Vazirlik xabarnomasida keltirilishicha, dam olish kunlari respublikaning ayrim hududlarida havo harorati +42 darajagacha ko`tarilishi mumkin.
Tog` va tog` oldi hududlarida havo o`zgaruvchan, 16-19 iyun kunlari yog`ingarchiliksiz, 17-18 iyun kunlari ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.
Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 17 iyun kuni shamol tezligi 15-20 m/s (25-34 km/s) kuchayadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi shamol kuchayishi daraxtlarning qulashiga va elektr uzatish liniyalarining uzilishiga olib kelishi mumkinligi to`g`risida ogohlantiradi.
Vazirlik shamol kuchayishi davrida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so`ramoqda.






