Moskvaning “Lokomotiv” klubi safida jarohat olib, operasiya qilingan O`zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov milliy termaning 31 avgust kuni Xitoyga qarshi JCh–2018 saralash o`yiniga qadar tiklanishi kutilmoqda.
30 yoshli himoyachi jarohati sabab milliy terma jamoa safida Tailandga qarshi o`rtoqlik o`yini va Eronga qarshi JCh–2018 saralash bosqichi uchrashuvini o`tkazib yuborgandi. Ayni vaqtda u shifokorlar nazorati ostida bo`lib turibdi va tiklanish jarayonini o`tkazyapti.
Shifokorlar xulosasiga ko`ra, Denisov 31 avgustgacha jarohatidan tuzaladi hamda Xitoy bilan o`yinda maydonga tushishi mumkin bo`ladi. Avvalroq Vitaliy Denisov JCh–2018 saralash bosqichidagi Suriya va Qatar terma jamoalariga qarshi o`yinlarni ham qo`yib yuborgandi.






