Milliy terma jamoa uchrashuvida jarohat olgan Stanislav Andreev tibbiy tekshiruvdan o`tkazildi.
Uning jarohatiga tizzadagi old xochsimon paylarning shikastlaniishi deb tashxis qo`yildi. Andreevning safga qaytishi ikkinchi davradan avval ro`y bermaydi. Yaqin kunlarda jarohatini operasiya bilan yoki operasiyasiz davolash borasida bir qarorga kelinadi.
Yarim himoyachining mashg`ulotlarga qachon qaytishi bo`yicha aniq ma`lumot yaqin kunlarda taqdim etiladi.
Eslatib o`tamiz, Stanislav Andreev O`zbekiston termasi safida Eronga qarshi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi o`yinida jarohat olgandi.






