Dastlabki tergov harakatlariga ko`ra, Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Szyansu viloyatidagi bog`cha yonidagi portlashni 22 yoshli yigit, qo`lbola bomba yordamida amalga oshirgani ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Portlash oqibatida 9 kishi halok bo`lgan, 60 dan ortiq odam yaralangan, ulardan 8 nafari og`ir ahvolda. Huquq-tartibot idorasi xodimlari voqea joyini, kuzatuv kameralaridagi videoyozuvni, ashyoviy dalillarni, DNK tahlilini tekshirib, portlashni 22 yoshli yigit amalga oshirganligini aniqladi.
Gumonlanuvchi shaxsning o`zi ham portlash oqibatida halok bo`lgan. Polisiya jinoyat ochilganligini ma`lum qilganiga qaramay, jinoyatchi mazkur jinoyatni nima maqsadda amalga oshirgani haqida ma`lumot bermadi.






