AsosiyJamiyat

​Toshkent aholisining gazdan 100 mlrd so`mdan ziyod qarzdorligi mavjudligi ma`lum qilindi

'​Toshkent aholisining gazdan 100 mlrd so`mdan ziyod qarzdorligi mavjudligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugungi kunda Toshkent shahrining o`zida gaz tizimi bo`yicha qarzdorlik 100 milliard so`mdan ortiqni tashkil qiladi. Qarzdorlik bilan bog`lik muammolar shuningdek, boshqa viloyatlarda ham mavjud.

14 iyun kuni Xalqaro Press-klubda “O`zbeknetfgaz: yangi davrga yangi strategiya bilan” mavzusida bo`lib o`tgan navbatdagi sessiyada bu haqda ma`lum qilindi.

Yig`ilishda "O`zbekneftgaz" rahbari Alisher Sultonov qarzdorlik holatini izohlarkan, aholining gazdan foydalanish va to`lovni amalga oshirish madaniyatini oshirish kerakligini ta`kidlab o`tdi, deb yozadi UZ24 nashri.

«Kelinglar, mobil telefonlar endi chiqqan davrlarni esga olamiz. Biz barchamiz «Uzdunrobita»ga borib, navbatda turib, to`lovni amalga oshirardik, chunki telefonda gaplashishni xohlardik. Xo`sh, nega gazdan foydalanamizu, yillar davomida uning haqini to`lamaslik mumkin deb hisoblaymiz. Tushuninglar, gaz — bu juda katta mablag` va mehnat evaziga olinadigan resurs. Nima uchun gaz haqini to`lamaslikni normal holat deb o`ylaymiz?», — dedi Sultonov.

«Hech birimiz bozordan nonni pulini to`lamasdan olib ketmaymiz, chunki bu o`g`rilik hisoblanadi. Gaz-chi? Uch qavatli dang`illama hovli qurishga, uni kondisionerlar va quvvati kuchli pechlar bilan to`ldirishga pul etadi, lekin gaz va elektroenergiyaga to`lashga etmaydi. Har kim murosa yo`lini qilishni o`ylaydi. Bu haqda nafaqat biz, balki butun xalq o`ylashi kerak», — qo`shimcha qildi «O`zbekneftegaz» rahbari.

    Boshqa yangiliklar