Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida 15 iyun kuni “Ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimiz sofligini asrash – davr talabi” mavzusida respublika anjumani boshlandi. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy sayti xabar berdi.
Unda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita xodimlari, O`zbekiston musulmonlari idorasi xodimlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlardan tashrif buyurgan imom-xatiblar, olimlar, jamoat tashkilotlari vakillari qatnashmoqda.
Anjumanda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etadi.
Anjumanda tinchlik va mehr-oqibatni o`zida mujassam etgan muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uning asl mohiyatini yoshlarga to`g`ri tushuntirish, buning uchun ta`lim-tarbiya va targ`ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga e`tibor qaratiladi.
Bizni kuzatib boring, xabarlar davom etadi.






