Fransiyaning PSJ jamoasi murabbiylari shtabi “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri ma`lum qildi.
Manbaning ta`kidlashicha, parijliklar Kolumbiya terma jamoasi a`zosini 75 million evroga sotib olishni rejalashtirmoqda. Xamesning o`zi ta`til vaqtida uning Madriddagi kelajagi hal bo`lishiga umid qilmoqda.
PSJdan tashqari mahoratli futbolchiga “Arsenal”, “MYu” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirgan. Ular orasida “Chelsi” favorit ekani ham aytilgandi.






