“Barselona” va “Benfika” klublari o`rtasida himoyachi Nelson Semedo bo`yicha muzokalarari davom etmoqda, deb xabar bermoqda Zerozero.
Lissabonliklar 23 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun “Barselona”dan 50 million evro so`ramoqda, ammo kataloniyaliklar bu summani to`lashga tayyor emas.
“Barselona” rahbariyati futbolchining narxiri tushirishga harakat qilmoqda. Muzokaralar qiyin kechayotgan bo`lsa-da, aynan “ko`k-anor ranglilar” Semedo uchun favorit bo`lib turibdi.
“Benfika” himoyachisiga, shuningdek, “Bavariya”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari da`vogarlik qilmoqda.
Yakuniga etgan mavsumda Nelson Semedo Portagaliya chempionatida 21 o`yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishning uddasidan chiqqan.






