Amerikaning San-Fransisko shahrida bo`lgan otishma oqibatida 4 kishi, shu jumladan jinoyatchining o`zi ham halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Otishma United Parcel Service pochta kompaniyasi ofisida bo`ldi. Jinoyatchi kompaniyaning ertalabki majlisida odamlarni o`qqa tutdi va o`zini ham otib o`ldirdi. Nashrning xabar berishicha, yana 5 kishi yaralangan. Tutish tadbirida ishtirok etgan polisiyachilardan hech kim jabrlanmadi. Jinoyatchi mazkur kompaniyaning xodimi bo`lgan.






