Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida o`rmonda adashib qolgan 4 yoshli bola, 5 kundan keyin sog`-omon topildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
“Menga polisiyachilar o`g`lim Dimaning o`rmondan topilganligi haqida qo`ng`iroq qilib, uning sog`-omon ekanligini aytishdi. Hozir u kasalxonada ekan”, deb ma`lumot berdi bolaning onasi Alfiya.
Nashrning xabar berishicha, bolani ko`ngillar guruhidan biri topgan. Sverdlov viloyati IIVning ma`lumot berishicha, bola yo`qolgan joyidan 7 kilometr uzoqlikdan, elektrouzatkich liniyalar mavjud bo`lgan botqoqlik yaqinida holdan toygan ahvolda topilgan. Unga shifokorlar tibbiy yordam ko`rsatdi. U vertolyotda evakuasiya qilindi.
Bola 2017 yilning 10 iyun kuni oilasi bilan dam olishga borgan Reftin suv ombori hududida yo`qolgan. U 5 kun davomida qidirildi, qidiruv ishlarida 300 ga yaqin odam, uchuvchisiz uchadigan samolyot va teplovizor ham ishtirok etdi. Qutqaruvchilar bolaga ayiq hujum qilishi mumkinligidan xavfsiragan, chunki ular qidiruv jarayonida muntazam ravishda yirtqich hayvonlarga duch kelgan.






