Buguna Meksika qirg`oqlarida 7 balli, kuchli zilzila ro`y berdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
AQShdagi sunamidan ogohlantiruvchi Tinch okean tizimining bergan ma`lumotiga ko`ra, zilzila epimarkazi Meksikaning Chiaps shtati qirg`oqlari bo`lgan. Uning o`chog`i 98 kilometr chuqurlikda joylashgan. Ekspertlarning ma`lumot berishicha, zilzila oqibatida sunami ko`tarilish xavfi mavjud emas. Hozircha jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma`lumot yo`q.






