“O`zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 9 iyundan “O`zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.
Pochta markalari Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o`yinlari chempionlari, Oltin medal sohiblariga bag`ishlangan.
Pochta markalarida sportchilar: Ruslan Nurudinov (shtanga) va Xasanboy Do`smatov (boks) tasvirlangan.
Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog`ozi oq silliq. Pochta markalari va kuponning o`lchamlari 30x42 mm. Adadi 8 ming nusxa.
Identifikawiya raqamlari berilgan va nominallari o`rnatilgan.
1195. Ruslan Nurudinov Nominali - 1800 so`m
1196. Xasanboy Do`smatov Nominali - 1900 so`m
Markalar dizayneri Kaneves E.






