AsosiySport

UEFA yangi sovrinlarni joriy qilgani ma`lum bo`ldi

'UEFA yangi sovrinlarni joriy qilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

UEFA evrokuboklarda o`zini namoyon qilgan futbolchilar uchun 5 ta yangi sovrinni joriy qildi.

Dastlabki 4 ta sovrin EChLning eng yaxshi darvozaboni, himoyachisi, yarim himoyachisi va hujumchisi uchun mo`ljallangan. Yana bir sovrin Evropa ligasining eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi.

Barcha mukofotlar 24 va 25 avgust kunlari Chempionlar va Evropa ligasining yangi mavsumi uchun qur`a tashlash marosimida o`z egalariga topshiriladi.

Evropaning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi ayol futbolchisi ham an`anaviy tarzda mana shu tadbirda aniqlanadi.

Boshqa yangiliklar