AsosiyJamiyat

​O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi

'​O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev o`rtasida 12 iyun kuni telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi, deb yozadi O`zA.

Prezidentimiz 2017 yil 8-9 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrifi chog`ida O`zbekiston delegasiyasiga ko`rsatilgan hurmat-ehtirom va mehmondo`stlik uchun Qozog`iston Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Qozog`iston poytaxtida o`tgan ushbu sammit ShHT faoliyatini rivojlantirishda tarixiy voqea bo`lgani alohida ta`kidlandi. Hindiston va Pokistonning Tashkilotga teng huquqli a`zolikka qabul qilingani sammitning asosiy natijalaridan biri sifatida qayd etildi. ShHT doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta`kidlandi.

Prezidentimiz Qozog`iston rahbariyatini “Ostona EKSPO – 2017” xalqaro ko`rgazmasi yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi va tadbir muvaffaqiyatli o`tishini tiladi. Mazkur ko`rgazma mintaqamiz davlatlarini yanada rivojlantirish borasida yuksak texnologiyalar va investisiyalar jalb etishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Davlat rahbarlari o`zaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Suhbat O`zbekiston – Qozog`iston munosabatlariga xos samimiy va do`stona, o`zaro anglashuv va hurmat ruhida o`tdi.

Boshqa yangiliklar