Navoiy shaxridagi “Yoshlik” ko`lida baxtsiz hodisa sodir bo`lishining oldi olindi.
2017 yilning 8 iyun kuni Navoiy viloyatining Nurota tumani Shaxriston mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi 1998 yilda tug`ilgan fuqaro Inotov G`olib Tolib o`g`li Navoiy shaxridagi “Yoshlik” ko`lida cho`milayotgan paytida to`satdan suvda cho`ka boshladi.
Shu payt “Yoshlik” ko`lida navbatchilik olib borayotgan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari darhol yordamga kelib fuqaro G`.Inotovni suvda qutqarib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatib hayotini saqlab qolishdi.
Hurmatli fuqarolar suv havzalarida dam olish chog`larida ehtiyot bo`ling.






