Amerikaning Ogayo shtatida yashovchi erkak ulkan sharsimon chaqmoqni mobil telefoniga suratga tushirishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Videorolik muallifining so`zlariga qaraganda, u yomg`ir yog`ayotgan paytda tabiatni suratga olish uchun tashqariga chiqqan. Shu paytda ko`chaning narigi yuzidagi yuqori voltli liniya tagida kuchli elektr quvvati, keyin esa ulkan sharsimon chaqmoq paydo bo`lgan. U er bo`ylab bir necha metr “suzgach”, ko`zdan g`oyib bo`lgan. Buni mazkur videorolikda ko`rish mumkin.






