“Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte keyingi mavsumda Diego Kostaning xizmatlariga muhtoj emasligi haqida ma`lum bo`lgach, futbolchiga bir qator klublar qiziqa boshladi.
Italiya nashrlarining xabar berishicha, Xitoyliklar qo`liga o`tgan “Milan” Ispaniya terma jamoasi hujumchisini bir mavsumga ijaraga olish istagini bildirgan.
Ayni vaqtda futbolchining maoshini qanday to`lash borasida kelishib olinsa bo`lgani. Muzokaralar deyarli hal bo`lib ulgurgan.






