AsosiySport

“Atletiko” Yan Oblakni PSJga 75 mln evro evaziga sotmadi

'“Atletiko” Yan Oblakni PSJga 75 mln evro evaziga sotmadi 'ning rasmi

Fransiyaning PSJ klubi rahbariyati “Atletiko” darvozaboni Yan Oblakni xarid qilish uchun aqlbovar taklif bilan “matraschilar”ga yuzlandi.

L’Equipe nashrining xabar berishicha, parijliklar 24 yoshli sloveniyalik posbon transferi uchun “Atletiko”ga 75 million evro taklif qilgan. Biroq Madrid klubi mazkur taklifni rad etdi.

Oblakning shartnomasida uning tovon puli 100 million evro qilib berligangan. Bundan tashqari, “Atletiko” taqiq tufayli yangi 2018 yil yanvar oyiga qadar futbolchilarni ro`yxatga olish yoki sotish huquqiga ega emas.

O`tgan mavsumda Oblak barcha musobaqalarda 41 marta maydonga tushib, 21 marta o`z darvozasidan to`p olib chiqmagan.

Boshqa yangiliklar