Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi transfer mavsumidagi birinchi xaridini amalga oshirdi. Klub rasmiy saytida ma`lum qilinishicha, “Benfika” himoyachisi Viktor Lindelyof “MYu” a`zosiga aylandi.
Mahoratli futbolchi Manchesterda tibbiy ko`rikdan o`tadi va rasman shartnoma imzolanadi. Bu haqda tez orada e`lon qilinadi.
“Qizil iblislar” shvesiyalik futbolchi uchun “Benfika”ga 30 million funt to`lagani ma`lum qilinmoqda.






