«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egizaklarning otasi bo`ldi. Bolalarni surrogat ona dunyoga keltirgan. O`g`il chaqaloqqa Mateo, qizga Eva deb ism qo`yilgan, deya xabar beradi CA.
Chaqaloqlar payshanba kuni tug`ilishgan. Hujumchi ayni paytda Portugaliya terma jamoasi lagerida bo`lib turibdi.
Krishtianu Ronalduning katta farzandi olti yoshga to`lib bo`lgan. U ham surrogat onadan duyonga kelgan. Ayni paytda Ronaldu ispaniyalik Jorjina Rodriges bilan uchrashmoqda.






