Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Muborak shahridagi Bahrom Vafoev nomli stadionda kuchli yong`in kelib chiqdi. Bu haqda Sports.uz xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, “Mash`al” futbol klubiga tegishli stadionning 90 kv.m hududi yonib kul bo`lgan.

Ushbu yong`indan so`ng o`yingohda futbol o`ynash imkoni yo`q, sababi stadionnig bosh binosi ayni vaqtda yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Endi jamoa uy uchrashuvlarini qaerda o`tkazishi hozircha noma`lumligicha qolmoqda. Bu masala yuzasidan yakuniy qarorni klub rahbariyati qabul qiladi.






