UEFA mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 6-turida Portugaliya terma jamoasi safarda Latviya mehmoni bo`ldi.
Mazkur bellashuvda Krishtianu Ronalduning dubli va Andre Silvaning goli portugaliyaliklarga ishonchli g`alaba keltirdi.
Latviya – Portugaliya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 41 Ronaldu, 0:2 – 63 Ronaldu, 0:3 – 67 Andre Silva.
Latviya – Vanin, Yagodinskiy, Maksimenko, Gorksh, Kolesov, Kazachok (Vardanyan, 72), Solovev, Klyushkin (Indrans, 62), Layzans, Ikaunieks (Rakel, 67), Shabala.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Soaresh (Nelson Semedu, 71), Gerreyru, Alvesh, Fonte, Andre Gomesh, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Jelson Martinsh (Kuarejma, 57), Ronaldu, Andre Silva (Nani, 80).
Ogohlantirishlar: Klyushkin (38), Jelson Martinsh (55), Layzans (75), Kuarejma (90).






