AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Prezidenti Ashraf G`ani bilan uchrashdi

'​Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Prezidenti Ashraf G`ani bilan uchrashdi'ning rasmi

ShHTning Ostona sammiti doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o`zi uchun ajratilgan qarorgohda Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani bilan uchrashdi.

O`zbekiston va Afg`oniston xalqlarining urf-odat va an`analari bir-biriga o`xshash. Ikki davlat o`rtasida yaqin qo`shnichilik aloqalari o`rnatilgan bo`lib, turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelinmoqda, deb yozadi O`zA.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Afg`onistondagi vaziyatni siyosiy yo`l bilan hal etish, mamlakatda barqarorlikni ta`minlash, iqtisodiyotini rivojlantirish tarafdori ekanini ta`kidladi.

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani Afg`onistonda barqaror vaziyatni tiklash borasida O`zbekiston amalga oshirayotgan ishlar Afg`onistonda yuksak baholanishini ta`kidladi va minnatdorlik izhor etdi. 2016 yil Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o`tgan majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgani, sammit doirasida ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshishidan manfaatdor ekanini ta`kidladi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikasiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar