Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi a`zolari oldindagi uchrashuvlarga hozirlik jarayonini davom ettirmoqda, deb xabar beradi “temiryo`lchilar” matbuot xizmati.
Kecha kunning ilk qismida “Lokomotiv” futbolchilari tibbiy ko`rikdan o`tishdi. Tushdan so`ng esa “Lokomotiv” stadionida mashg`ulot o`tkazildi. Mashg`ulot jarayonida terma jamoa ixtiyorida bo`lgan futbolchilardan boshqa barcha ishtirok etdi.
Salamat Qutiboev hamda Ikrom Aliboevlar sekin-asta umumiy mashg`ulotlarda qatnasha boshlashdi. Sergey Proxorov ham jamoa mashg`ulotlariga qo`shildi. Qolaversa, jarohatini davolayotgan Islom To`xtaxo`jaev bugundan engil yugurishni boshladi.






