Germaniyaning “Volfsburg” jamoasi himoyachisi Rikardo Rodriges Italiyaning “Milan” klubiga o`tdi. Bu haqda “rossonerilar”ning rasmiy saytida ma`lum qilindi, deb xabar bermoqda iSport.ua.
Ma`lum bo`lishicha, milanliklar Rodriges bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolangan. Transfer qiymati 18 mln evroga baholanmoqda.
Yakunlangan mavsumda shveysariyalik futbolchi Bundesligada 24 o`yinda maydonga tushdi va ikkita gol kiritib, 3 ta golga assistentlik qildi.






