AsosiyDunyo

​BSST: har yili chekishdan 7 million kishi vafot etadi

'​BSST: har yili chekishdan 7 million kishi vafot etadi'ning rasmi

Chekish va boshqa tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish har yili 7 milliondan ortiq kishini o`limiga olib keladi, deb yoziladi seshanba kuni Butunjahon Sog`liqni saqlash tashkiloti (BSST)ning e`lon qilgan hisobotida.

“Tamaki iste`molidan kelib chiqadigan kasalliklar insoniyat salomatligi uchun eng katta xavflardan biri sanaladi, har yili 7 mln kishi halok bo`ladi”, - deyiladi BSSTning Butunjahon tamakisiz kunga bag`ishlangan hisobotida.

Hisobotda BSST butunjahon hukumatlariga tamakiga qarshi keskin choralar qabul qilishga chaqiradi. “Tamaki kambag`allikni oshiradi, iqtisodiy samaradorlikni tushiradi va havoni ifloslanishga olib keladi”, - deydi tashkilot rahbari Margaret Chan.

Bundan tashqari, BSST tamaki iste`mol qilish atrof-muhitga jiddiy zarar etkazishini ta`kidlaydi. “Ishlatilgan tamaki mahsulotlar 7 mingdan ortiq zaharli kimyoviy moddalarni o`z ichiga oladi”, - deyiladi hisobotda.

    Boshqa yangiliklar