AsosiyJamiyat

​O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo`lib o`tdi

'​O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo`lib o`tdi'ning rasmi

2017 yilning 21-26 may kunlari Qirg`izistonning Jalol-Obod shahrida O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi Hukumat delegasiyalarining O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha ishchi guruhlari uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv doirasida O`zbekiston-Qirg`iziston chegarasi uchastkalarida kameral ishlar olib borildi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Andijon viloyati bilan Qirg`izistonning O`sh viloyati tutashgan hududlardagi O`zbekiston-Qirg`iziston davlat chegarasida qo`shma topografik va er tuzish ishlari bo`lib o`tdi.

Muzokaralar davomida O`zbekiston-Qirg`iziston chegarasini delimitasiya qilish bo`yicha oraliq Shartnoma loyihasi tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.

Uchrashuv konstruktiv va do`stona ruhda o`tdi.

Boshqa yangiliklar