AsosiySport

Futzal bo`yicha klublar o`rtasidagi JChga qur`a tashlandi

'Futzal bo`yicha klublar o`rtasidagi JChga qur`a tashlandi 'ning rasmi

Futzal bo`yicha 2017 yili klublar o`rtasida bo`lib o`tadigan Jahon chempionatiga qur`a tashlash marosimi bugun, 30 may kuni Vetnamning Xoshimin shahrida bo`lib o`tdi.

Qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston chempioni “Olmaliq” jamoasi Tailandning “Blyu Veyv Chonburi” va Livanning “Benk of Beyrut” klublari bilan “D” guruhidan joy oldi.

Turnirda jami 14 klub to`rt guruhga bo`lingan holda ishtirok etadi. Musobaqa reglamentiga ko`ra, o`z guruhida birinchi o`rinni olgan jamoalar chorak finalga chiqadi.

“D” guruhi uchrashuvlari taqvimi bilan quyida tanishish mumkin.

21.07.2017

“Benk of Beyrut” – “Blyu Veyv Chonburi”

23.07.2017

“Olmaliq” – “Benk of Beyrut”

25.07.2017

“Blyu Veyv Chonburi” – “Olmaliq”

Ma`lumot uchun, futzal bo`yicha klublar o`rtasidagi Jahon chempionati 2017 yilning 20–30 iyul kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar