Londonning “Arsenal” jamoasi klubi hujumchisi Aleksis Sanches va yarim himoyachi Mesut O`zilni saqlab qolish uchun juda katta miqdorda pul sarflashi kutilmoqda.
Mirror nashrining xabar berishicha, “to`pchilar” har ikki futbolchining yillik maoshi uchun jami 34 mln evro sarflaydi. Bugun, 30 may kuni “Arsenal” rahbariyatida uchrashuv bo`lib o`tadi va u erda bir necha futbolchi hamda bosh murabbiy Arsen Vengerning taqdiri hal bo`ladi.
London klubi 2020 yilga qadar Aleksis Sanchesga haftasiga 316 ming, O`zilga esa haftasiga 321 ming evro to`lashga tayyor. Chili va Germaniya terma jamoasi a`zolarining “Arsenal” bilan amaldagi kelishuvi 2018 yilgacha mo`ljallangan.






